26 okt 18:54
Yangiliklar

Oltin dubl. "Paxtakor" - 12 karra O'zbekiston Kubogi sohibi!
Kutilganidek, "Paxtakor"ning katta ustunligi ostida o'tgan o'yinda "sherlar" yirik 3:0 hisobida zafar quchib, mamlakat kubogi sohibiga aylanishdi. Uchrashuv Dragan CHeranning benefisiga aylanib ketdi. Uchchala gol ham bolqonlik hujumchi hisobiga yozildi.
SHu tariqa, o'z tarixidagi 15-finalda ishtirok etgan "Paxtakor" 12 karra O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. SHota Arveladze shogirdlari bu bilan o'tgan yilgi finaldagi mag'lubiyat uchun revansh ham olishdi.
O'zbekiston kubogi / Final
PAXTAKOR - AGMK - 3:0
26 oktyabr 2019 yil. Toshkent shahri, "Lokomotiv" stadioni. 7185 tomoshabin.
Hakamlar: SHerzod Qosimov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent)
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Dragan CHeran 31, - 1:0. Dragan CHeran 61 penalti, - 2:0. Dragan CHeran 77, - 3:0.
"Paxtakor" (4-2-3-1) — 25.Eldorbek Suyunov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 55.Marko Simich, 34.Farruh Sayfiev (29.Vladimir Kozak, 86) - 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (15.Egor Krimec, 89)- 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 17.Doston Hamdamov - 11.Igor Sergeev (21.Marat Bikmaev, 80).
AGMK (4-3-3) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal SHorahmedov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46) - 7.Elguja Grigalashvili (8.Sanat SHixov, 63), 99.SHahzod Nurmatov (15.Jasur Hakimov, 74), 17.Murod Toshmatov.
Ogohlantirishlar: Akmal SHorahmedov 73, Farrux Sayfiev 73, Xojiakbar Alijonov 79.
Fikrlar