16 apr 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Oltita g'alaba va bitta mag'lubiyat. Bokschilarimiz Xabarovskdagi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi
Kecha Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira musobaqasi boshlangan edi.
Turnirning ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining jami etti nafar vakili ringga ko'tarildi. CHarm-qo'lqop ustalarimizning olti nafari yakunda raqiblari ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, Muxlisa Xushvaqtova imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ilk kungi natijalarimiz:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Tong Hioang (KXDR) 0:5
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Miao Hi (Xitoy) 5:0
-60 kg: Rashida Tagirova - Mao Ding (Xitoy) 3 raundda texnik g'alaba
-54 kg: Hasanboy Do'smatov - Hasan Salohiddinov (Tojikiston) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Ruslan Popov (Ozarbayjon) 5:0
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Melki Salim (Tunis) 3:2
-71 kg: Asilbek Abdurahmonov - SHahobjon SHukurov (Tojikiston) 3:2.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar