So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

01 okt 09:54
Yangiliklar

Tennis, SHaxmat, Voleybol

Ommaviylik. CHinozda o'quvchi-qizlar bellashishdi FOTO

CHinoz agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o'quvchi-qizlar o'rtasida voleybol, shaxmat, stol tennisi va badminton bo'yicha “Sport – nafosat ramzi” shiori ostida spartakiada bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031 – sonli qarorining ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur spartakiadada kasb-hunar talimi muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-qizlarnijismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish orqali yod g'oyalar, xuquqbuzarlik, jinoyatchilik tasirlariga tushib qolishni oldini olish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tarzda o'tkazish kabi ezgu-istaklarni qamrab olgan. 

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat kasb-hunar talimi boshqarmasi, O'zbekiston Talabalar sporti associaciyaning Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan spartakiada bahslarida viloyatda barcha hududlardan to'rtta sport turi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan 105 nafar o'quvchi-qizlar o'zaro kuch sinashishdi. Bellashuvlar davomida do'stona munosabat, kuchli shijoat, g'oliblik  sari istedodlarning olg'a intilishi qizlarning sportga oshnolagidan darak berib turdi. 

Yakuniy natijalariga ko'ra badminton bo'yicha birinchi o'rinni angrenlik Zuhra Qahhorova qo'lga kiritdi. Stol tennisi bahslarida Olmaliq shahri vakilasi Navbahor Matkarimova g'oliblikni tantana qildi. Voleybol musobaqasida ham Olmaliq terma jamoasi barcha jamoalarga nisbatan kuchli ekanligini isbotlab, birinchi o'rin sohibalari bo'lishdi. SHaxmat bahslarida chirchiqlik istedodli shaxmatchi SHaxzoda SHermuhammedovaga teng keladigani topilmadi. G'olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Rustam BOBOQULOV, O'zbekiston Talabalar sporti associaciyasi Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari: 

- Spartakiada tarzida o'tgan mazkur musobaqning dastlabki bosqichlarida viloyatimiz bo'yicha 20 000 dan ziyod o'quvchi-qizlarimizni ommaviy sportga jalb etishga erishdik. SHuningdek, Toshkent viloyati kasb-hunar talimi boshqarmasi tasarrufidagi barcha kollejlarda ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg'ulotlarini doimiy yo'lga quyish maqsadida “Assalom tong” deb nomlangan maxsus dastur ishlab chiqdik. Demoqchi bo'lganim har kuni ertalab darslardan oldin  kollejlardagi barcha o'quvchilar  15 daqiqa davomida jismoniy mashqlar bajaradi.  Haftaning juma kuni esa har bir kollejda  “Sport – salomatlik kuni” deb rejalashtirildi va bu kunda ommaviy sport musobaqalari o'tkaziladi.  Maqsadimiz, o'quvchilarimizni jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ommaviylikni kuchaytirishdan iboratbo'ladi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing