30 avg 13:05
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Almatida chorak finalga chiqdi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi
musobaqada bir guruh tennischi qizlarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan
o'tkazishyapti. Hozirgina ulardan biri Oqgul Omonmurodova ikkinchi davra uchrashuvida
g'alabaga erishdi.
Tajribali tennischimiz 1 soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda
rossiyalik Margarita Lazarevani 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Kecha Oqgul ilk
bosqichda turnirning oltinchi raketkasi, braziliyalik Gabriela Sedan 6:4, 6:3
hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar