02 sen 11:55
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Almatidagi turnir finalida kortga chiqdi
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari final uchrashuvida Oqgul Omonmurodova bosh mukofot uchun kortga chiqdi. Uning raqibasi rossiyalik Polina Leykina bo'ldi.
Bir soatu 35 daqiqa
davom etgan uchrashuvda turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Leykina 6:3,
6:3 hisobida g'alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.
Taqqoslash uchun, 20
sentyabr kuni 23 yoshga to'ladigan Leykina dunyo reytingida 399, 33 yoshli
Omonmurodova esa roppa-rosa 400-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar