22 avg 08:15
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Artvinda ikki g'alabaga erishib, asosiy to'rga chiqdi
Turkiyaning Artvin shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti. Saralashning ilk davrasidan ozod qilingan tennischimiz ikkinchi davrada turkiyalik Beyda Baykalni 6:3, 3:6, 6:3 hisobida mag'lub etgandi.
Saralash turnirining
ikkinchi raketkasi bo'lgan Omonmurodova kecha asosiy to'rga yo'llanma beruvchi bahsda
saralashning ettinchi raketkasi belgiyalik Magali Kempenni 6:1, 2:6, 6:3 hisobida
mag'lubiyatga uchratdi. Uning asosiy to'r ilk bosqichdagi raqibasi ham belgiyalik
tennischi An-Sofiya Mestach bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar