24 avg 08:20
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Artvinda o'zidan kuchli tennischini mag'lub etdi
Turkiyaning Artvin shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan hamyurtimiz ilk davrada ham zafar quchdi.
Omonmurodova belgiyalik
An-Sofiya Mestachni 4:6, 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Oqgul dunyo reytingida
428, An-Sofiya esa 297-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimizning ikkinchi davradagi
raqibasi turnirning 5-raketkasi rossiyalik Anastasiya Potapova bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar