26 iyu 08:40
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova bu hafta Torundagi turnirda
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova bu hafta Polshaning Torun shahri mezbonlik qilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Terma jamoamiz azosi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'r bahslaridan boshlaydi. Polshalik Piter Katarjina turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi sifatida harakat qiladi.
Malumot uchun, Oqgul Omonmurodova o'tgan hafta Turkiyaning Izmir shahrida o'tkazilgan nufuzli turnirda ishtirok etgandi. Hamyurtimiz ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida turnirning birinchi raketkasi bolgariyalik Viktoriya Tomovaga 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar