05 sen 08:35
Yangiliklar
Tennis
Omonmurodova Budapesht turniri saralashini g'alaba bilan boshladi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Vengriyaning Budapesht shahrida start olgan turnirning saralash bahslaridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
I. Sport11 Ladies Open turnirining mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Omonmurodova saralash turnirida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Hamyurtimiz saralashdagi ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi. U bu bosqichda serbiyalik Barbara Bonichga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 6:3, 7:5 hisobida mag'lub etdi. Bugun Oqgul asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda polshalik Magdalena Frechga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar