04 sen 16:20
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Budapeshtdagi turnirning saralashida ishtirok etadi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Vengriyaning Budapesht shahrida start olgan turnirning saralash bahslari o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
I. Sport11 Ladies Open turnirining mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Omonmurodova saralash turnirida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz saralashdagi ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi. U bu bosqichda serbiyalik Barbara Bonichga qarshi kortga chiqadi. Bonich vengriyalik Byanka Bekefini mag'lub etdi. Aniqrog'i, birinchi setni 3:6 hisobida boy bergan Byanka bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar