11 dek 11:26
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Dubay turniri juftligida ishtirok etadi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova hamda tajribali Oqgul Omonmurodova ham o'z mahoratini namoyish etadi.
SHaripova hindistonlik Prartana Tombare bilan juftlik hosil qilgan bo'lib, ular ilk davrada turnirning uchinchi saralangan juftligi - belaruslik Vera Lapko hamda shveciyalik Korneliya Lister tandemiga qarshi kortga chiqadi.
Omonmurodova esa germaniyalik Liza Ponomar bilan imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'yildi. Ular birinchi bosqichda ruminiyalik Mikaela Buzarnesku hamda rossiyalik Alena Fomina juftligi bilan hisob-kitob qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar