13 dek 08:48
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Dubay turniri juftligida kortga chiqdi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Hamyurtimiz germaniyalik Liza Ponomar bilan imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'yilgandi.
Afsuski, ular birinchi bosqichda ruminiyalik Mikaela Buzarnesku
hamda rossiyalik Alyona Fomina juftligiga 3:6, 7:6(6), tay-brekda 6:10 hisobida
imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar