17 noy 08:40
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova dunyoning 45-raketkasini mag'lub etishiga bir bahya qoldi
Franciyaning Limoj shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 115 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etdi.
Tajribali tennischimiz kecha tunda yakkalikning ilk davra uchrashuvida franciyalik taniqli raketka ustasi Alize Kornega qarshi kortga chiqdi. Korne WTA reytingida 45-o'rinni egallab turibdi.
Uchrashuv uch set davom etdi va so'nggi ikki set g'olibi tay-brekda aniqlandi. Birinchi setda Korne 6:2 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi set 7:6(7:5) hisobida Oqglning foydasiga hal bo'ldi.
Hal qiluvchi uchinchi setda esa o'z muxlislari qo'llab-quvvatlab turishi natijasida tajribali Alize 7:6, taybrekda 7:3 hisobida zafar quchib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar