26 mar 11:20
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Franciyadagi turnir saralashida ishtirok etdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonurodova Franciyaning Kruasi-Bobur shahrida o'tkazilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinab ko'rdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz reytingdagi o'rniga ko'ra o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshladi.
Afsuski, Omonmurodova saralashning ilk davrasidayoq chexiyalik Petra Kreysovaga 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Oqgul bor etiborini juftlik musobaqasiga qaratadi. U rossiyalik Vera Zvonareva bilan juftlik hosil qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar