25 jan 11:40
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Franciyadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Franciyaning Andrezyo-Buteon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Mazkur musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tajribali tennischimiz turnirning asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan va ilk davrada g'alabaga erishgandi.
Hamyurtimiz musobaqaning juftliklar bahsida ham zafar quchib, chorak finalga yo'llanma oldi. Omonmurodova gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan juftlikda franciyalik Manon Arkangioli va shveycariyalik Amra Sadikovich tandemini 6:3, 7:6(11) hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar