26 jan 10:35
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Franciyadagi turnirning juftligida ham mag'lub bo'ldi
Franciyaning Andrezyo-Buteon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Mazkur musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Tajribali tennischimiz yakkalik bahslaridan so'ng juftlikda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Hamyurtimiz gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan juftlikda franciyalik Manon Arkangioli va shveycariyalik Amra Sadikovich tandemini 6:3, 7:6(11) hisobida taslim etgandi.
Afsuski, ular chorak final uchrashuvida turnirning ikkinchi raqamli juftligi – rossiyalik Anna Kalinskaya va belaruslik Lidiya Marozovaga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi yurishlarini to'xtatishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar