19 fev 07:28
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Germaniya turnirining saralashidayoq yutqazdi
Germaniyaning Altenkirxen shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Hamyurtimiz reytingdagi o'rniga ko'ra ishtirokini saralash bahslaridan boshladi.
Afsuski, Omonmurodova saralashning birinchi bosqichidayoq sakkizinchi raqam ostida tasniflangan ruminiyalik Andre Laura-Ioanaga yutqazib qo'ydi. Bir soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda ruminiyalik tennischi 6:1, 3:6, tay-brekda 10:8 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar