08 avg 07:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Germaniyada beshinchi raketkani mag'lub etdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Germaniyaning Xexingen shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz turnirning saralash bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Oqgul ilk davrada ruminiyalik Andrea Giteskuga qarshi kortga chiqib, 5:7, 6:3, 6:0 hisobida g'alaba qozongandi. Omonmurodova ikkinchi bosqichda saralashning 5-raketkasi germaniyalik Vivian Xeysendan 3:6, 7:6(6), 6:2 hisobida ustun keldi.
Bugun tennischimiz
musobaqaning asosiy bosqichiga yo'llanma beruvchi uchrashuvda kortga chiqadi. Uning raqibasi
saralash bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan vengriyalik Greta Arn
bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar