08 avg 16:24
Yangiliklar

Omonmurodova Germaniyadagi turnirda 38 yoshli tennischiga yutqazdi
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz turnirning saralash bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda u
raqibasiga imkoniyatni boy berib, asosiy to'rga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Oqgul
2 soatu 6 daqiqa davom etgan saralashning final bahsida imtiyozli yo'llanma
asosida qatnashayotgan vengriyalik Greta Arnga 6:3, 4:6, 2:6 hisobida yutqazdi.
Taqqoslash uchun, 38 yoshli Greta Arn dunyo reytingida
788, 33 yoshli Oqgul Omonmurodova esa 442-o'rinni egallab turibdi. Lekin Arn 2011
yili dunyoning 40 nafar eng kuchli tennischisi safiga kirishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikrlar