18 fev 12:19
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Germaniyadagi turnirning saralashida qatnashadi
Germaniyaning Altenkirxen shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Hamyurtimiz reytingdagi o'rniga ko'ra ishtirokini saralash bahslaridan boshlaydi.
Qura natijasiga ko'ra, Omonmurodova saralashning birinchi bosqichida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan ruminiyalik Andre Laura-Ioanaga qarshi kortga chiqadi. CHexiyalik Monika Kilnarova saralashning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar