23 avg 08:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova ham birinchi bosqichda imkoniyatni boy berdi
Ukrainaning Xarkov shahrida sovrin 25 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodovaning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Afsuski, tajribali tennischimiz turnirning ilk bosqichidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Turkiyalik Melis Sezerga qarshi kortga chiqqan tennischimiz raqibasiga 4:6, 7:5, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi Omonmurodova bor etiborini juftliklar bahsiga qaratadi. Oqgul qirg'izistonlik Kseniya Palkina bilan juftlik xosil qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar