03 avg 09:17
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Ispaniyada ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Ispaniyaning Segoviya provinciyasi El-Espinar shahrida o'tkazilayotgan turnirning ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Oqgul ilk davrada asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan ispaniyalik tennischi Rabener Fernandesni 6:4, 7:6(7) hisobida mag'lub etgandi.
Hamyurtimiz ikkinchi
bosqichda gollandiyalik Bibiyana SHufsga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, turnirning
sakkizinchi raketkasiga qarshi kechgan uchrashuvda Omonmurodova 3:6, 6:7(5) hisobida
mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar