02 avg 09:10
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Ispaniyadagi turnirda kortga chiqdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Ispaniyaning Segoviya provinciyasi El-Espinar shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshladi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Oqgul ilk davrada asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan ispaniyalik tennischi Rabener Fernandesga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda
Omonmurodova raqibasini 6:4, 7:6(7) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi
hamyurtimiz ikkinchi bosqichda gollandiyalik Bibiyana SHufsga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar