22 iyu 10:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Izmirda ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Turkiyaning Izmir shahrida davom etayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ilk davrada amerikalik Sanaz Marandni 5:7, 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgandi.
Afsuski, chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda vakilamiz turnirning birinchi raketkasi bolgariyalik Viktoriya Tomovaga 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar