15 avg 07:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Leypcigdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Germaniyaning Leypcig shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tajribali tennischimiz saralash musobaqasining ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Omonmurodova o'z
ishitirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi. U germaniyalik Irina
Siemersga qarshi kortga chiqib, 6:1, 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Bugun Oqgul asosiy
to'rga chiqish uchun germaniyalik Karolin Vernerga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar