16 avg 08:30
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Leypcigdagi turnirning asosiy to'riga chiqdi
Germaniyaning Leypcig shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tajribali tennischimiz saralash musobaqasini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy to'r ishtirokchisiga aylandi.
Saralashning ikkinchi
raketkasi bo'lgan Omonmurodova avvaliga germaniyalik Irina Siemersni 6:1, 6:4,
keyin esa yana bir mezbon tennischi Karolin Vernerni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub
etdi. Uning asosiy davraning ilk bosqichidagi raqibi avstraliyalik Izabel Uollas
bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar