10 noy 08:43
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Minskdagi turnirda saralangan tennischini mag'lub etdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
Hamyurtimiz ishtirok etayotgan mazkur musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Kecha Omonmurodova ikkinchi davra uchrashuvida turnirning ettinchi raqam ostida saralangan tennischisini mag'lub etdi.
Ruminiyalik Irina Mariya Baraga qarshi kortga chiqqan vakilamiz raqibasidan 1 soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda 6:1, 7:5 hisobida ustun keldi.
Taqqoslash uchun, 32 yoshli hamyurtimiz dunyo reytingida 359, Irina Mariya esa 242-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar