18 okt 10:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Misrdagi turnirda, ilk raqiba malum
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova bu hafta Misrning SHarm El SHeyx shahrida start olgan turnirda o'z imkoniyatni sinovdan o'tkazadi.
Soho Square Egypt Women's turnirining mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz ilk davrada Sara Sorribes Tormoga qarshi kortga chiqadi.
Ispaniyalik bu tennischi turnirning beshinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Birinchi davraning ushbu uchrashuvi kunning ikkinchi yarmida bo'lib o'tadi. Omonmurodova juftliklar musobaqasida ishtirok etmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar