14 iyu 09:26
Yangiliklar

Omonmurodova Moskvada bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tennischimiz rossiyalik Valentina Ivaxnenko bilan birga ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan.
Oqgul va Valentina yarim final uchrashuvida rossiyalik tennischilar - Darya Afanaseva hamda Anna Celikovskayajuftligini 6:4, 6:0 hisobida mag'lub etishdi. Bugun ular bosh mukofot uchun bahsda belaruslik tennischilar - Ilona Kremen va Irina SHimanovich hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, Oqgul Omonmurodova Moscow Open 2017 turnirining yakkalik bahslari birinchi davrasida turnirning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik Anastasiya Pivovarovaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar