10 iyu 09:20
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Moskvadagi turnirda, ilk raqibasi Rossiyadan
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etadi. Tennischimiz to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan o'z ishtirokini boshlaydi.
Omonmurodova birinchi bosqich turnirning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik Anastasiya Pivovarovaga qarshi kortga chiqadi. Moscow Open 2017 turnirining birinchi raketkasi sifatida isroillik Deniz Xazanyuk qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar