25 okt 09:45
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Puate turniri saralashida mag'lub bo'ldi
Bugun Franciyaning Puate shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi ropa-rosa 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning saralash bahslarida ishtirok etgan tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova omadsizlikka uchradi.
Hamyurtimiz saralash bosqichining ilk davrasida franciyalik Sendi Kalliosni 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Lekin ikkinchi bosqichda saralashning to'rtinchi raketkasi shveciyalik Syusan CHelikka 5:7, 6:7(6) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar