25 iyu 03:35
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/546_220.jpg)
Omonmurodova SHveciyada bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova SHveciyaning Yastad shahri mezbonlik qilayotgan turnirning yakkalik bahslarida finalga chiqdi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada sakkizinchi raqam ostida harakat qilyapti. Kecha u murakkab kechgan yarim final uchrashuvida polshalik Magdalena Frechni 7:6(5), 2:6, 6:1 hisobida taslim etdi.
Bugun hamyurtimiz bosh mukofot uchun kechadigan uchrashuvda turnirning birinchi raketkasi Syuzan CHelikka qarshi kortga chiqadi. SHveciyalik bu tenischi yarim finalda turnirning uchinchi raketkasi serbiyalik Nina Stoyanovichdan ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar