10 may 08:40
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Tailandda 583-raketkaga yutqazib qo'ydi
Hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova Tailandda o'tkazilayotgan tennis turnirining ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Tajribali raketka ustamiz Xua Xin shahrida o'tkazilayotgan hamda sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning ettinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilgandi.
Afsuski, dunyo reytingida 364-o'rinni egallab turgan Omonmurodova kecha birinchi davrada CHixiro Muramatsuga 6:2, 3:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Yaponiyalik tennischi WTA reytingida 583-pog'onadan joy olgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar