29 iyu 08:46
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Torundagi turnirning juftligida ham yutqazdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Polshaning Torun shahri mezbonlik qilayotgan turnirdagi ishtirokini to'xtatdi.
Terma jamoamiz azosi yakkalik bahslaridan so'ng juftliklar musobaqasida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Ukrainalik Veronika Kapshay bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Omonmurodova ilk davrada polshalik tennischilar Maya CHvalinska va Anya Xertelga 2:6, 3:6 hisobida yutqazdi.
Eslatib o'tamiz, vakilamiz yakkalik bahslarining birinchi bosqichida turnirning to'rtinchi raketkasi, polshalik 19 yoshli Magdalena Frechga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar