23 okt 14:01
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Turkiyadagi turnirda yutqazdi
Tennischimiz Oqgul Omonmurodova Istanbulda mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandi.
U ilk davrada rossiyalik Viktoriya Kamenskayaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 49 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 1:6, 6:3, 2:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Endi u juftlik bahslarida o'z imkoniyatlarini sinab ko'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar