22 fev 08:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova uch yarim soat etgan uchrashuvda yutqazdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi
Winter Moscow Open 2017 turnirining mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz saralash musobaqasida birinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Afsuski, Omonmurodova saralashning hal qiluvchi bahsida Alina Silichga 3:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ygandi. SHunga qaramay, turnir tashkilotchilari vakilamizga imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi.
Lekin tajribali tennischimiz bu imkoniyatdan ham foydalana olmadi. Germaniyalik Anna Zayyaga qarshi kortga chiqqan Omonmurodova raqibasiga yutqazib qo'ydi.
Etiborga molik jihati, 3 soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda olmon tennischisi 6:4, 6:7(20), 7:6(4) hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar