21 fev 08:55
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Winter Moscow Open 2017 turnirida yutqazdi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida davom etayotgan turnirning asosiy to'riga chiqa olmadi.
Winter Moscow Open 2017 turnirining mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz saralash musobaqasida birinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Afsuski, kecha Omonmurodova saralashning hal qiluvchi bahsida Alina Silichga 3:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Rossiyalik bu tennischi saralashning 14-raketkasi sifatida qayd etilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar