20 fev 08:05
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Winter Moscow Open 2017 turnirini g'alaba bilan boshladi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida davom etayotgan turnirning saralash bahslaridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Winter Moscow Open 2017 turnirining mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz saralash musobaqasida birinchi raqam ostida tasniflangan.
Kecha Omonmurodova saralashning ilk davrasida rossiyalik Varvara Kuznecovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan bahsda vakilamiz 7:5, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Bugun tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda Alina Silichga qarshi kortga chiqadi. Rossiyalik bu tennischi saralashning 14-raketkasi sifatida qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar