29 mar 11:13
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Xitoydagi turnirning juftligida mag'lub bo'ldi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Xitoyning Guanchjou shahrida bo'lib o'tayotgan turnirning juftliklar bahslarida kortga chiqdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz juftlik bahslarining ilk davrasida yaponiyalik Kiyoka Okamura bilan birga xitoylik tennischilar - Xanyu Guo hamda Yan Vangga 3:6, 5:7 hisobida yutqazdi.
Endi Oqgul Omonmurodova bor etiborini yakkalik bahslaridagi ishtirokiga qaratadi. Ayni daqiqalarda hamyurtimiz yakkalikning birinchi bosqichida xitoylik Guo SHanshanga qarshi kortga chiqqan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar