12 sen 17:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodova Xodmezyovasharxeydagi turnirda
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Vengriyaning Xodmezyovasharxey shahrida start olgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ilk davrasida Omonmurodovaga raqibalik qiluvchi tennischining nomi malum bo'ldi.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz birinchi bosqichda serbiyalik Barbara Bonichga qarshi kortga chiqadi. Turnir tashkilotchilari Bonichga asosiy to'rda ishtirok etish uchun imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar