14 iyu 09:50
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodovaning Bursadagi ikkinchi raqibasi malum bo'ldi
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Oqgul Omonmurodovaning Turkiyaning Bursa shahrida davom etayotgan sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagani haqida xabar bergan edik.
Oqgul yakkalikning ilk davrasida saralash bahslari g'olibalaridan biri serbiyalik Milana Spremoni 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etgandi. Kecha hamyurtimizning ikkinchi davradagi raqibasi ham malum bo'ldi. Bugun tennischimiz Sofiya SHapatavaga qarshi kortga chiqadi.
Gruziyalik bu tennischi turnirning uchinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. SHapatava ilk bosqichda bolgariyalik Daya Evtimovaga qarshi kortga chiqib, raqibasidan 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar