31 iyu 08:45
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodovaning Ispaniya turnirdagi raqibasi malum
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Ispaniyaning Segoviya provinciyasi El-Espinar shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etadi.
Bugun sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslari start oladi. Terma jamoamiz azosi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan boshlaydi.
Qura natijasiga
ko'ra hamyurtimiz ilk davrada imtiyozli yo'llanma asosida qatnashayotgan ispaniyalik
tennischi Rabener Fernandesga qarshi kortga chiqadi. Omonmurodova turnirning
juftlik bahslarida ham ishtirok etadi.
U gruziyalik Sofiya
SHapatava bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri
chorak final uchrashuvida kortga chiqadi. Turnirning birinchi raketkasi sifatida
vengriyalik Dalma Galfi harakat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar