24 avg 15:30
Yangiliklar
Tennis

Omonmurodovaning yakkalik bahslaridagi yurishi to'xtadi
Turkiyaning Artvin shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan hamyurtimiz ilk davrada ham zafar quchgan edi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan ikkinchi bosqich uchrashuvida tennischimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Oqgul 57 daqiqa davom etgan bahsda turnirning 5-raketkasi rossiyalik Anastasiya Potapovaga ikki setda ham bir xil 1:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar