09 dek 15:14
Yangiliklar
SHaxmat
O'n besh nafar shaxmatchimiz qatnashayotgan Qatar Masters mukofot pullari taqsimoti qanday bo'ladi?
SHu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahri shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.
Umumiy mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahs olib boryapti. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda.
Reglamentga ko'ra, A guruhi g'olibi bo'lgan shaxmatchi o'z hamyonini 25,000 AQSH dollarini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan ishtirokchi $15,000, kuchli uchlikdan joy olgan shaxmatchi esa 10,000 dollarga ega chiqadi.
Qolgan o'rinlar uchun pul mukofoti taqsimoti:
4. $7000
5. $6000
6. $5000
7. $4000
8. $3000
9. $2000
10. $1000
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
11:31
Gandbol bo'yicha uch davlat mezbonligidagi jahon chempionati start oldi (ilk kungi barcha natijalar) 0
Fikrlar