28 iyu 08:44
Yangiliklar
SHaxmat
O'n to'rt yoshli grossmeysterimiz SHveycariyada mag'lubiyatsiz odimlayapti
SHveycariyaning Bile shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.
Xalqaro festival doirasidagi Master Tournament musobaqasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov muvaffaqiyatli odimlayapti. O'n to'rt yoshli grossmeysterimiz o'tkazilgan 5ta partiyada mag'lubiyat nimaligini bilmadi.
Abdusattorov ana shu partiyalarning ikkitasida g'alaba qozondi. Uchta partiyada durang natija qayd etildi. Endi u 6-turda qora donalarda rossiyalik grossmeyster Dmitriy Gordievskiyga (2638) qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar