02 avg 10:53
Yangiliklar
O'n to'rt yoshli Nodirbek SHveycariyada 19 grossmeysterni ortda qoldirdi!
Kecha SHveycariyaning Bile shahrida nufuzli Biel Master Tournament musobaqasi yakunlandi. SHveycarcha tizimda o'tkazilgan va 9 turdan iborat bo'lgan xalqaro turnirda 31 davlatdan 117 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
Ular orasida 14 yoshli o'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham bor edi. Hamyurtimiz 23-raqam ostida tasniflangan bo'lsada, musobaqani mag'lubiyatsiz yakunladi va sovrinli 9-o'rinni egalladi.
Hindistonlik grossmeyster Vaibxav Suri 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, turnir g'olibiga aylandi. Etiborlisi, 2-9 o'rinni egallagan shaxmatchilar bir xil 6,5tadan ochko jamg'arishdi. Bu shaxmatchilar orasida Nodirbek ham bo'lib, u eng yosh ishtirokchi edi.
Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida 19 nafar mashhur grossmeysterlarni ham ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar