23 iyu 17:31
Yangiliklar
SHaxmat
O'n to'rt yoshli o'zbek grossmeysteri SHveycariyada seans o'tkazib, 16ta partiyaning 15tasida g'olib bo'ldi
O'zbekistonlik 14 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov SHveycariyaning Bile shahrida o'ziga xos seans namoyish etdi.
Unda istedodli hamyurtimiz bir vaqtning o'zida 16 yoshgacha bo'lgan 16 nafar shaxmatchiga seans o'tdi. Ushbu partiyalarning 15tasida Nodirbek g'alaba qozondi. Faqat bitta doskada durang natija qayd etildi.
Malumot uchun, Nodirbek Abdusattorov dunyo shaxmat tarixidagi ikkinchi, ayni paytdagi eng yosh grossmeyster hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar