22 iyu 15:29
Yangiliklar
O'n uch yoshli hamyurtimiz grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi
Hamyurtimiz Rossiyaning Voronej shahrida o'tgan Alyoxin xotirasiga bag'ishlangan shaxmat festivalining asosiy turniri - “Voronej-2018”da 6,5 ochko bilan sovrinli 5-o'rinni egallagandi. Ushbu musobaqada 11 davlatdan 131 nafar shaxmatchi ishtirok etgan edi.
To'qqiz tur yakunlariga ko'ra 4 nafar grossmeyster 7tadan ochko jamg'argan va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Dmitriy Kokaryov (2603, Rossiya) musobaqa g'olibiga aylangandi.
Sindarov (2449) chempiondan yarim ochkogina kam jamg'arib, sovrinli 5-o'rinni egalladi. Poytaxtlik yosh shaxmatchi 9ta partiyadan 5tasida g'alabaga erishdi. Javohirdan engilganlar orasida xalqaro grossmeysterlar - Pavel Ponkratov (Rossiya, 2622), Aleksey Pridorojniy (Rossiya, 2589), xalqaro master Ilya Ilyushenko (2530, Rossiya) bor.
Sindarov xalqaro grossmeysterlar - Pavel Potapov (2491, Rossiya), Ivan Popov (2608, Rossiya) hamda xalqaro turnir g'olibi Dmitriy Kokaryov (2603, Rossiya) bilan durang o'ynadi. Aynan shu natijasi tufayli Javohir Sindarov grossmeysterlikning birinchi talabini bajardi.
Fikrlar