12 jan 10:09
Yangiliklar
Tennis

Opa-singil Uilyamslar Nyu-Yorkdagi turnirda ishtirok etishadi
Opa-singil Serena va Vinus Uilyams 5 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladigan ko'rgazmali turnirda ishtirok etishadi.
Ushbu turnir Tie Break Tens musobaqalari doirasida o'tkaziladi. Uchrashuvlar tay-breyklardan iborat bo'lib, 10 ochkogacha davom etadi.
Nyu-Yorkdagi ushbu ko'rgazmali turnirda jami 8 nafar tennischi kortga chiqadi. Tashkilotchilar hozircha bu tennischilarning ism-sharifini oshkor qilishmadi. G'olib tennischi 250 000 dollar mukofot puliga ega bo'ladi.
Havola :
Fikrlar