05 avg 11:30
Yangiliklar
Tennis

Opa-singil Uilyamslar tennis markazi qurilishiga 1 mln dollar xayriya qilishdi
Opa-singil Vinus va Serena Uilyamslar AQSHning Florida shtatidagi tennis markazi qurilishiga 1 mln dollar ajratishdi.
Bu summani ular xayriya sifatida berishgan. “Miramar” nomini olgan ushbu tennis markazida jami 20 ta kort bo'ladi. Ulardan biri tennischilarning otasi Richard Uilyams nomi bilan ataladi.
Amerika tennis associaciyasi ushbu loyihaning tashkilotchisi hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 7 million dollarga baholanmoqda.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar